Toshkent, 09.06.2026 – O'zbek va Azerbayjonlik tadbirkorlar o'rtasidagi aloqalarni kengaytirish, mavjud imkoniyatlarni baholash va tadbirkorlar o'rtasidagi munosabatlarni institutsional darajaga ko'tarish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan muhim uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda «ASR Distribution and Development Group» asoschisi Elxon Mikayilov, kompaniya bosh direktori Ali Valiyev, Azerbayjon Tadbirkorlar konfederatsiyasining O'zbekistondagi vakilligi va «Networkistan» tashkiloti rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv 1 Uchrashuv 2 Uchrashuv 3 Uchrashuv 4

Muhokamalar davomida ikki mamlakatning biznes doiralari o'rtasidagi muloqotni yanada tizimli va barqaror shaklga keltirish zarurligi ta'kidlandi.

Shu maqsadda aloqalarni o'rnatgan tashkilotlarni institutsionallashtirish yo'nalishida qaror qabul qilindi va dastlabki bosqichda har ikki tomonning tadbirkorlarining faol ishtirokini ta'minlaydigan «O'zbekiston-Azerbayjon Tadbirkorlar klubi»ni shakllantirish qaroriga kelindi.

Yangi tashkil etilgan bu biznes klubi tadbirkorlarning muntazam ravishda uchrashishiga, qo'shma loyihalarni amalga oshirishiga va o'zaro manfaatli hamkorliklarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga qaytish